Buxoroda kaltaklangan ekologiya inspektorlari mukofotlandi

Joriy yilning iyul oyida Xorazmda saksovulfurushlar ekologiya inspektorlarini kaltaklab ketishgani haqida xabar berilgandi.
Unda Peshku tumanidagi «Safron» cho‘l massivida o‘tkazilgan reyd davomida cho‘l saksovulini himoya qilgan ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlarining zo‘ravonlarga duch kelishgani va kaltaklanishgani haqida so‘z borgan. Ikki inspektor - Nuriddin Muhammadov hamda Oxunjon Husenovga og‘ir tan jarohati yetkazgan ikki katta guruhdan iborat huquqbuzarlar katta va yirik Xalqaro ahamiyatga ega «G‘uzor–Buxoro–Nukus A-380» avtomobil yo‘li orqali qochishgan. Ayni paytda holat yuzasidan huquq organlari tomonidan surishtiruv ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan inspektorlarning jasoratli xatti-harakati sharaflandi. Ular «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
«Bizni faxrlantirgani inspeksiyasimiz xodimlari o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan paytda ham ruhiy, ham jismoniy bosimga, zo‘ravonlikka qaramasdan, hech biri voqea joyini tark etishmagan, ya’ni qochishmagan. Cho‘lning qoq o‘rtasida salkam biri-biridan bir-biridan 500 metrdan 2 kilometrcha uzoq masofada xizmat vazifasini o‘tayotgan 7 nafar xodim tongga qadar bir-birini o‘ta qiyinchiliklarda izlashgan. 2 nafar inspektorga og‘ir, juda og‘ir tan jarohati yetkazilgan. Jonajon Vatanimizning ona tabiatini asrash yo‘lidagi fidoiyliklari e’zoz va qadr topdi»,-dedi Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Jamol Nosirov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter