Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda quyma tillani pullayotganlar qo‘lga olindi

Buxoroda quyma tillani pullayotganlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Shofirkon tumanida 11 000 AQSh dollariga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M.ga og‘irligi 154,3 gramm bo‘lgan 1 dona sof quyma oltin bo‘lagini 11 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring