Buxoroda sobiq mutaxassis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyat boshqarmasi sobiq mutaxassisi S.K. fuqaro N.ning ishonchiga kirib, o‘z xizmat faoliyati davomida Buxoro shahar hokimligi zaxirasidan 1 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tadbir jarayonida 100 AQSh dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter