Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda soliq inspektori 400 dollar bilan qo‘lga tushdi

Buxoroda soliq inspektori 400 dollar bilan qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Buxoro shahridagi MChJ 2024-yil noyabr-dekabr hamda 2025-yil yanvar-fevral oylari uchun jamiyatning aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun MChJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atiladi.

O‘z navbatida, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan MChJga nisbatan qo‘llanilgan jazoni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqariladi.

Ammo, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi sho‘’ba bosh inspektori sud qaroriga asosan MChJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi.

DXX va IJQK Departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring