Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi ayanchli hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Buxorodagi ayanchli hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda fojiali video tarqaldi. Unda bir shaxs o‘zini avtobus tagiga tashlagani aks etgan.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbarining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Buxoroda xorazmlik o‘smir avtobus tagiga o‘zini otib, joniga qasd qilgan.

Ta’kidlanishicha, holat Buxoro shahrida joylashgan «Karvon» savdo bozori chorrahasini kesib o‘tuvchi «Buxoro-Xorazm-Turkmanboshi» yirik xalqaro yo‘lida sodir bo‘lgan. Joriy yilning 28 sentyabr kuni taxminan soat 09:30 larda yo‘l chetida o‘smir yigit bir necha daqiqa telefon orqali muloqotda bo‘lib turgan. U kutilmaganda yo‘l harakati qoidasiga muvofiq o‘z yo‘nalishida belgilangan tezlikda harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi tashish avtobusi tagiga o‘zini otgan. Bir necha daqiqa ichida sodir bo‘lgan bu holat voqelikka guvoh bo‘lganlarni hamda avtobusdagi yo‘lovchilarni qattiq stressga solgan.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat IIB YPX xodimlari yetib kelishgan. Aniqlanishicha, voqea joyida vafot etgan shaxs asli 17 yoshli xorazmlik o‘smir bo‘lgan. U bundan bir necha kun ilgari IELTS olish uchun Toshkent shahriga jo‘nab ketgan bo‘lgan. Qaytishda esa (hozircha sababi ochiqlanmagan) Xalqaro ahamiyatga ega yo‘lning Buxoro hududiga tushib qolgan va videotasvirda muhrlanganidek o‘z joniga qasd qilgan.

Ayni paytda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring