Buxorodagi yana bir «dollar operatsiyasi» noxush yakunlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar Q.R. va A.N. qalbaki 10 000 AQSh dollarini fuqaro X.R.ga 5 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, unga jami 83 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki banknotlarni berib qolgan qismini tez kunda yetkazishlarini aytib 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq qalbaki pullarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter