Buxorolik bemor koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi

Yurtimiz bo‘ylab koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni yana bittaga ortdi.
SSV matuot xizmatiga ko‘ra, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 53 yoshli N.S. joriy yil 20 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
22 iyun kuni esa bemorning ahvoli og‘irlashib, tez tibbiy yordam avtomashinasida Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limiga ko‘chirilgan. Unga “COVID-19”, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, unda gipertoniya kasalligi ham qayd etilgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Bundan avval Jizzaxda ham 28 yoshli ayol dunyodan ko‘z yumgandi.
Shunday qilib O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari 50 taga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter