Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada ilk marotaba ayol kishi MI6 rahbari etib tayinlandi

Buyuk Britaniyada ilk marotaba ayol kishi MI6 rahbari etib tayinlandi

Foto: The Guardian

Bleyz Metreveli Buyuk Britaniya Tashqi razvedka xizmati (MI6) rahbari etib tayinlandi. Hukumat matbuot xizmati ma’lumot berishicha, mamlakat tarixida ilk marotaba ayol kishi ushbu lavozimga tayinlandi.

«Bleyz Metrevelining tarixiy tayinlanuvi razvedka xizmatlarimiz faoliyati har qachongidan muhim ahamiyat kasb etgan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda. Birlashgan Qirollik misli ko‘rilmagan tahdidlar bilan to‘qnashmoqda», — dedi bosh vazir Kir Starmer.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, Bleyz Metreveli 47 yoshda, Kembrij universitetida antropologiyani o‘rgangan. Tashqi razvedkaga 1999-yilda kirib kelgan, asosan Yevropa va Yaqin Sharqda ishlagan. Shu paytgacha razvedkaning texnologiya departamentini boshqargan. Ungacha besh yil mobaynida Richard Mur MI6 rahbari bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring