Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BYD Teslani ortda qoldirdi

BYD Teslani ortda qoldirdi

Foto: Seeking Alpha

Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi yaxshi savdo ko‘rsatkichlariga erishyapti. Kompaniya bir yilda 165 foizlik o‘sish bilan jahon avtomobilsozlari orasida 13-o‘ringa, elektromobilsozlar orasida esa Amerikaning Tesla (avtobozorda 15-o‘rin, elektromobillar ishlab chiqarishda 2-o‘rin, +55,8 foiz) kompaniyasini ortda qoldirib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

BYD, faqat elektromobillarga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasidan farqli o‘laroq, gibrid mashinalar ham chiqaradi, biroq xitoyliklarning bu boradagi ko‘rsatkichlari ma’lum qilinmagan.

Focus2move xabar berishicha, 2022-yilning dastlabki uch choragida jahon bozorida sotilgan yangi yengil va tijoriy mashinalar jami soni 56,8 milliontani tashkil etdi, bu 2021-yilgi shu davrdan 5,2 foiz past ko‘rsatkich.

Global avtobozorda 9 oyda 7,4 millionta yangi mashina sotgan Toyota peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda — Volkswagen Group (5,8 mln mashina). 4,9 millionta avtomobil sotgan Hyundai (Kia bilan birgalikda) — yetakchi uchlikda.

Stellantis — 4,8 mln, Renault-Nissan alyansi — 4,75 mln, General Motors — 4,2 mln, Honda — 2,8 mln dona avtomobil sotgan.

Yetakchi o‘nlikda, shuningdek, Ford (2,6 mln), Suzuki (2,1 mln) va BMW (1,7 mln).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring