Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«C5+1» formatining tashabbuskori

«C5+1» formatining tashabbuskori

2016 yilda O‘zbekistonda yuz bergan o‘zgarishlar hamda 2017 yildan boshlab O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohatlar natijasida jahon hamjamiyatining Markaziy Osiyoga qiziqishi kuchaydi. Bunga birinchi navbatda mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekistonning ochiqlik siyosati sabab bo‘lgani aytiladi.

So‘nggi yillarda tilimizga «C5+1» formati degan ibora kirib keldi. Markaziy Osiyodagi beshta mamlakat ishtirokidagi «C5+1 formati» AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, shuningdek Yevropa Ittifoqi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Turli siyosiy o‘yinchilarning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarining hozirgi mashhur «C5+1» formati ilk bor Yaponiya tomonidan 1997 yilda taklif qilinganligini hamma ham bilmasa kerak. O‘shanda Yaponiya Markaziy Osiyoda mintaqaviy muloqot uchun platforma yaratishni taklif qilgan edi.

Dunyodagi uchinchi iqtisodiyot hisoblanmish Yaponiya an’anaviy ravishda «Katta yettilik» va ASEAN kabi guruhlarga a’zo rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikka e’tibor qaratadi va AQShni asosiy ustuvor sherik hisoblaydi. Biroq, XX asrning eng katta asosiy hodisasi bo‘lmish – Sovet Ittifoqining tarqab ketishi va Markaziy Osiyoda yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi Yaponiya tashqi siyosati yo‘nalishlarini tahrir qilishga olib keldi. Tashqi siyosat ustuvorliklarini qayta ko‘rib chiqishga birinchi urinish 1997 yilda bo‘ldi. O‘sha vaqtdagi bosh vazir Xasimoto Ryutaro yuqori darajadagi Korporativ rahbarlar Assotsiatsiyasida qilgan chiqishida «Yevroosiyo diplomatiyasi» deb nom