Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Charli Chaplinning «hayot formula»si

Charli Chaplinning «hayot formula»si

O‘zining 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda buyuk aktyor, rejissyor va ssenarist Charli Chaplin so‘zlagan nutq insonning o‘ziga muhabbatining manifesti sifatida yangradi. Millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etgan san’atkor, o‘n ikki nafar farzandning otasi Charli Chaplin o‘sha tarixiy daqiqalarda aytgan gapi bugun ham o‘z ahamiyatni yo‘qotmagan. Butun dunyoni kuldirgan bu g‘amgin insonning so‘zlari kimgadir yo‘lchi yulduz, kimgadir esa saboq berishi turgan gap.

«Men o‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda g‘am-g‘ussaga botib sog‘inishlarim va qayg‘u-hasratlarim haqiqatlarimga qarshi yashayotganligimdan darak berishini angladim. Bugun men qalbimda sodir bo‘lgan bu hodisa «O‘zlik bilan qolish», deb atalishini bilaman.

O‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda, hali vaqt pishib yetilmasdan, inson hali bu ishga tayyor bo‘lmasdan turib uning o‘z istaklarini bajo keltirishga majburlash odam bolasini juda qattiq xafa qilib qo‘yishini tushinib yetdim – bu odam esa mening o‘zginamdir. Men bugun bu hodisotni «O‘z hurmatini bilish», deb aytaman.

Men o‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda, boshqacha hayotni xohlashni bas qildim va meni o‘rab turgan hayot o‘sishim uchun barcha imkoniyatlarni muhayyo etayotganligini da’fatan ilg‘ab yetdim. Bugun bu hodisotni «Yetuklik», deb aytaman.

Men o‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda, har qanday holatda to‘g‘ri joyda va to‘g‘ri vaqtda hoziru nozirligimni va barcha narsalar bekami ko‘st to‘g‘ri vaziyatda sodir bo‘layotganligini angladim. Men har doim xotirjam bo‘lishim mumkin. Endilikda men buni «O‘ziga ishonch», deb atayman.

Men o‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda, vaqtimni o‘g‘irlashni va kelajakdagi yirik loyihalar haqida orzu qilishni bas qildim. Bugun men o‘zimga shodlik bag‘ishlaydigan va baxtli qiladigan, men sevadigan va meni chin yurakdan kuldira oladigan ishlarni qilayapman. Bugun buni men «Oddiylik», deb atayman.

Men o‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda, sog‘ligimga ziyon yetkazadigan barcha narsalarni tark etdim – ortiqcha ovqatni, jinim suymadigan odamlarni, turli narsalarni va kayfiyatimni buzadigan vaziyatlarni. Bugun buni men «O‘z-o‘zimga muhabbat», deb atayman.

Men o‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda, doimo haq bo‘lishni bas qildim. Va xuddi shunda xato qilishim kamaygandan kamayib bordi. Bugun bu narsa «Kamtarlik» ekanligini tushinib yetdim.

Men o‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda, o‘tmish bilan yashashni va kelajakdan hadeb xavotirlanishni bas qildim. Bugun men faqat hozirgi payt bilan yashamoqdaman va uni « Qoniqish hissi», deb atayman.

Men o‘z-o‘zimni yaxshi ko‘rib qolganimda, aql-idrokim menga xalaqit berishi mumkinligini va hatto undan aziyat chekib kasal bo‘lib qolshimni anglab yetdim. Ammo, aqlimni qalbimga payvand etganimda u mening bebaho va qadrli ittifoqchimga aylandi. Men bugun bu bog‘lanishni «Qalb donishmandligi», deb atayman.

Biz o‘zligimiz va boshqa odamlar bilan bilan bahslashish, qarama-qarshilikka kirishish, muammo tug‘dirishdan qo‘rqmasligimiz kerak. Hatto yulduzlar ham biri-biri bilan to‘qnashib ketadi va bu to‘qnashuvdan yangi olamlar tug‘iladi.

Bugun men buni aniq bilaman – bu «Hayot» ekan.»

                                                                                      Jaloliddin Safoyev tarjimasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring