«ChatGPT»da endi shaxsiy moliyani boshqarish mumkin
«OpenAI» sun’iy intellektni kundalik moliyaviy qarorlarga jalb qilish bo‘yicha yangi tashabbusini taqdim qildi. Kompaniya «ChatGPT» platformasida shaxsiy moliya xizmatini yo‘lga qo‘yish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Loyiha doirasida foydalanuvchilar o‘z xarajatlarini tahlil qilish, budjet rejalashtirish va moliyaviy qarorlar bo‘yicha tavsiya olish imkoniga ega bo‘ladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, tizim insonlarning kundalik moliyaviy harakatlarini soddalashtirishga qaratilgan.
«OpenAI» vakillari sun’iy intellekt faqat savollarga javob beruvchi emas, balki shaxsiy maslahatchi vazifasini ham bajarishi mumkinligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, yangi xizmat hozircha sinov bosqichida ekani qayd etildi.
Kompaniya moliyaviy ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiyligi ustuvor masala bo‘lib qolishini bildirmoqda. Tizim foydalanuvchining ruxsatisiz bank ma’lumotlarini boshqarmasligi alohida ta’kidlangan.
Ta’kidlanishicha, yangi xizmat inson qarorini almashtirmaydi. Tizim asosan maslahat va tahlil berishga qaratilgan bo‘lib, yakuniy qaror har doim foydalanuvchining o‘zida qoladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter