Chechenistonda erkaklar nega o‘g‘irlanyapti? Ramzan Qodirov bayonoti ortida sir yashiringan edimi? (video)
Rossiyada safarbarlik e’lon qilinishi ortidan Chechenistonda xorijiy pasport olish uchun ariza berayotgan yigitlar o‘g‘irlanmoqda.
Odam o‘g‘irliklari haqida «Dojd» telekanali xabar bergan. Boshlovchining ta’kidlashicha, migratsiya bo‘limida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish idoralari oldida uzundan-uzun navbatlar paydo bo‘lgan. 2003-yilda tug‘ilgan, ya’ni 19 yoshli yigit ana shunday jarayonda g‘oyib bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u Grozniydagi ichki ishlar bo‘limida qonunga xilof tarzda ushlab turilibdi.
Inson huquqlari faoli Abubakar Yangulbayev Chechenistonda xorijiy pasport rasmiylashtirishni istagan erkaklarning yo‘qolish holatlari kam emas, deydi.
«Mahalliy ichki ishlar bo‘limlariga safarbarlikka jalb etiladiganlargina emas, balki kelajakda chaqirilishi mumkin bo‘lgan kishilarni ham olib ketishyapti. Bunda, ayniqsa, Checheniston hisobidan chiqib, doimiy yashash joyi propiskasini boshqa mintaqada rasmiylashtirgan erkaklarga kuchli e’tibor qaratilyapti».
Inson huquqlari faoli bu voqealar Ramzan Qodirov safarbarlik chechenlarga aloqasi yo‘qligi haqidagi bayonotining ertasi kunidan paydo bo‘lganini ta’kidlaydi. Bu boshqa hududlarga chiqib ketgan chechenistonliklar qaytib kelishi orqali ularni topish va urushga yo‘llashga qaratilgan, deb hisoblaydi huquqshunos.
«Respublikadan chiqib ketgan kishilarning qarindoshlariga bosim ko‘rsatish ham o‘z natijasini berdi. Bunday holatlar deyarli barcha tumanlar bor. Masalan, Shatoy va Grozniy tumanlari majlislar zalida odamlarni to‘pladilar. Xorijiy pasport olish ilinjidagi kishilar «hech kim respublikani tark etishga haqqi yo‘q», deb ogohlantirilgan. Fuqarolar chaqiriq qog‘ozi va turli hujjatlarni imzolashga majburlangan. Shundan keyin go‘yo ular tilxat asosida nazorat olingandek taassurot qoldiradilar. Garchi bunda hech bir qonuniy asos yo‘q. Lekin, qo‘rqishsa-qo‘rqishmasa bu usul ruhan natija beradi», — deydi Yangulbayev.
Abubakar Yangulbayevning ma’lumotiga ko‘ra, yigitlarni xorijiy pasport rasmiylashish uchun turgan navbatlardan olib ketishgan, «Xuddi mitinglarda politsiyachilar kelib fuqarolarni olib ketgan kabi», deydi u. Fuqarolardan oddiy Rossiya pasportini ham olib qo‘yishgach, tabiyki, bular xorijiy pasport ham ololmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chechenistonda xorijiy pasport olish uchun ariza berishga ulgurgan kishilarning maxsus ro‘yxati tuzilgan. «Ular Checheniston va Qodirov uchun ashaddiy qochqin hisoblanadi, aynan ular urushga maxsus bo‘linma orqali birinchilardan bo‘lib jo‘natiladi. Bu ochiq buyruq», davom etadi huquq faoli.
Urushga borishni istamagan insonlar nima qilishi kerak? Murojaat qilinayotganlarga qanday javob berilyapti?
Abubakar Yangulbayev unga, urushga qatnashishni istamayotganlar uchun Rossiya va Moldova hududida boshpana tashkil qilingani ma’lum qilinganini aytadi. Yurist ana shu panohgohlar haqida e’lon tarqatib boryapti ekan.
«Militsiyaga murojaat qilish esa butun Rossiya bo‘yicha ishlamaydi. Eng muhimi, odamlar tushunishi kerak bo‘lgan gap — hatto chaqiruv qog‘ozi bilan ham sizni hech kim qamoqqa o‘tqazolmaydi. Agar siz uyda qolib, qo‘lingizga avtomatni olmas ekansiz, Rossiya-Ukraina urushi e’tiqodingizga qarshi ekani, Ukraina sizga o‘q otmagani va biror yomonlik qilmagani, urushga borishni istamaslikni aytsangiz, sizni hech kim majburan urushga hayday olmaydi. Juda bo‘lsa, qamashi mumkindir, qamoqxonada esa hammaga joy yetmaydi. Buning uchun hech kimni o‘ldirishmagan».
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 14, 15 va 16 yoshli o‘g‘illari urushga yuborilishini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter