Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chechenistonlik futbol muxlislari «Zenit» ishqibozlariga hujum qildi

Chechenistonlik futbol muxlislari «Zenit» ishqibozlariga hujum qildi

Rossiya kubogining chorak finalida «Axmat» va «Zenit» klublari o‘rtasida Grozniy shahrida kechgan bahsning so‘nggi daqiqalarida muxlislar o‘rtasida tartibsizliklar yuzaga keldi.

Xabar qilinishicha, uchrashuvning 85-daqiqasiga qadar hech qanday muammo yuzaga kelmagan. Ammo shu vaqtga kelib mehmon jamoa — «Zenit» muxlislari beliga qadar yalang‘och bo‘lib olishadi. Bu esa mezbon jamoa muxlislariga ma’qul kelmaydi.

Natijada chechenistonlik muxlislari to‘siqlar ustidan sakrab o‘tib, «Zenit» ishqibozlari o‘tirgan sektorga bostirib bora boshlaydi. Faqatgina «Axmat» futbolchilari ularning yo‘lini to‘sib qolishi vaziyatni qutqaradi.

Futbolchilar muxlislardan tinchlanishni so‘ragan. O‘z navbatida «Zenit» futbolchilari ham qarab turmadi. Mahalliy aholi urf-odatlarini yaxshi biladigan va chechen tilini tushunadigan Magomed Ozdoyev piterlik ishqibozlar oldiga borib, nima uchun «Axmat» muxlislari darg‘azab bo‘layotganini tushuntirgan.

Xavfsizlik xizmati xodimlari va futbolchilar sa’y-harakati bilan ishqibozlar tinchlantirildi va o‘yin davom etdi. Uchrashuvda «Zenit» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring