Chegara postida O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqalarini olib ketayotganlar ushlandi
Toshkent viloyati Bekobod shahar Farhod chegara postida huquqbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.
1989 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi Yo.B. O‘zbekistondan 400 dona toshbaqani olib ketayotgan vaqtda Bekobod shahar Farhod chegara postida to‘xtatib qolindi. Ushbu toshbaqa turi «Qizil kitob»ga kiritilgan bo‘lib, «O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi» hisoblanadi.
Noyob endimek tur hisoblangan ushbu toshbaqalar mamlakatning barcha adirliklarida uchraydi. Mustahkamlashgan qumlar, serto‘proq cho‘llarda yashab, tog‘da dengiz sathidan 1300 metr balandlikkacha ko‘tariladi. Ba’zan vodiydagi siyrak maysali dashtlar va qishloq xo‘jaligi yerlari (shudgor, poliz va dalalar)da ham uchraydi.
Hozirda huquqbuzarlarga qonuniy baho berish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib sud organlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda. Toshbaqalar Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Zangiota tumanida joylashgan «Tabiat bag‘rida» hayvonlar uyiga vaqtincha saqlash uchun topshirildi, deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter