Chegarada fuqaroning «Ayfon operatsiyasi» barbod bo‘ldi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan «Navoiy» chegara bojxona postida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida qiymati 305 million so‘mdan ziyod bo‘lgan zamonaviy smartfonlarni noqonuniy ravishda mamlakatga olib kirishga urinish aniqlandi.
Piyoda ravishda kirib kelgan fuqaroning hatti-harakatlarida shubha paydo bo‘lganligi sababli «Body Scanner» qurilmasi orqali ko‘rikdan o‘tkazildi. Shaxsiy ko‘rik davomida fuqaroning tanasiga skotch bilan o‘rab yashirilgan, og‘zaki so‘rovda hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan 20 dona «iPhone 13 Pro» smartfonlari topildi.
Yana bir holatda esa, post orqali harakatlanayotgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rikdan o‘tkazilganida og‘zaki so‘rovda aytilmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 9 dona smartfonlar borligi fosh etildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter