Chegarani buzib, O‘zbekistonga katta miqdorda oltin olib kirgan shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kosonsoy tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga qonunga hilof ravishda olib o‘tilgan ko‘p miqdordagi qimmatbaho metal savdosiga chek qo‘yildi.
Hususan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996-y.t. fuqaro tog‘asi 1988-y.t. shaxsning ko‘rsatmasiga asosan davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tib, Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimiz hududiga taxminiy summasi 1,1 mlrd. so‘m bo‘lgan umumiy og‘irligi 1 kg 168 gr miqdoridagi oltin quymasi parchalarini olib kirgani haqida tezkor ma’lumot olindi.
Hamkorlikdagi tadbir davomida u oltinlarni ushbu tumanda yashovchi, boshqa bir qarindoshiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Natijada, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter