«Chelsi» 9 daqiqada g‘alabani raqibdan tortib oldi

Angliya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan «Sautgempton» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi.
O‘ta qiziqarli va murosasiz o‘tgan uchrashuvda «Chelsi» yuksak iroda namoyish etdi.
Maydon egalari o‘yin yakuniga 20 daqiqa qolgunga qadar ikki to‘p farqi bilan oldinda bordi, ammo «Chelsi» 9 daqiqa ichida uchta gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. Jiruning dubli va Azarning bir goli «aristokratlar»ga uch ochko taqdim etdi.
«Sautgempton» – «Chelsi» 2:3 (1:0, 1:3)
Gollar: Tadich (21), Bednarek (60), — Jiru (70), Azar (75), Jiru (78).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter