Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chernobil AES halokati» ishtirokchilari daromad solig‘idan ozod etilyapti

«Chernobil AES halokati» ishtirokchilari daromad solig‘idan ozod etilyapti

Senatning bugungi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun muhokama etildi.

Qayd etilishicha, ayni kunlarda masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish va zarur hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishdan keng foydalanishni yana-da qo‘llab-quvvatlash, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurati yuzaga kelmoqda.

Shuning uchun Soliq kodeksiga elektron hujjatda uni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullaridan foydalanishga taalluqli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, ortiqcha undirilgan soliqlarni soliq to‘lovchining arizasiga muvofiq kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritish muddati 15 kundan 3 kunga qisqartirilib, Chernobil AYeS halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek ularning erining (xotinining) ish haqi va boshqa daromadlari to‘liq daromad solig‘idan ozod etilmoqda.

Senatorlar o‘z chiqishlarida muhokama etilgan Qonunda masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlari hisobidan hisobga olish tartibini yana-da soddalashtirish, ayrim toifadagi shaxslarga soliq imtiyozlarini berish o‘z aksini topganligini ta’kidlab o‘tdi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring