Chet elda o‘qib kelgan bitiruvchi rahbarlik lavozimiga tayinlandi
![Chet elda o‘qib kelgan bitiruvchi rahbarlik lavozimiga tayinlandi](http://static.xabar.uz/crop/4/1/720_460_95_41173193.jpg)
Buyuk Britaniyaning Sheffild universiteti bitiruvchisi Mavlon Muxitdinov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Investitsiyalarni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.
Mavlon Muxitdinov 1980-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos va iqtisodchi. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik instituti, 2004-yilda Sheffild universiteti (Buyuk Britaniya) va 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 2007-2012 yillari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Hozirgi kungacha u Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimining investitsiya va turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter