Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet elliklarning 68 foizi xaritada O‘zbekistonni topisha olmadi...(infografika)

Chet elliklarning 68 foizi xaritada O‘zbekistonni topisha olmadi...(infografika)

Infografika: «TheKnowledgeAcademy.com»

Sayyohlar xaritada topishga qiynaladigan mamlakatlar yetarlicha. «Daily Mail» yozishicha, ular orasida ulkan (hududan) Kanadadan tortib bizning O‘zbekistongacha bor.

Britaniya o‘quv kurslari yirik provayderi shu yo‘nalishda o‘tkazgan tadqiqotda 20 mamlakatdan 6550 kishi qatnashdi. Ularga davlatlarning nomlari aytilib, interaktiv xaritada topish so‘ralgan.

Natija qanday?

Respondentlarning 83 foizi Indoneziyani, 81 foizi Vetnamni xaritada topa olishmagan. Har qancha qidirishmasin, qatnashchilarning qariyb to‘rtdan uch qismi Bangladesh (78 foiz), Ukraina (73 foiz), Peru (69 foiz) va O‘zbekiston (68 foiz) qayerdaligini aniqlay olishmagan. Yaponiya va Saudiya Arabistonini 62-61 foiz qatnashchi topisha olmagan.

Avstraliyani topishda 46 foiz, Kanadani 53 foiz, Marokashni topishda 57 foiz respondent noaniqlikka yo‘l qo‘ygan.

Har uchinchi qatnashchi uchun Fransiya va shundan sal ozrog‘i (29 foiz) uchun Germaniyaning koordinatalari noma’lum ekani aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring