Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chetga olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha vakolatli organ belgilanyapti

Chetga olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha vakolatli organ belgilanyapti

Jinoiy yo‘l bilan xorijga olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tartiblar ishlab chiqilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasiga ko‘ra, bu sohada Bosh prokuratura vakolatli organ sifatida belgilanadi.

Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan hujjat loyihasiga muvofiq, Bosh  prokuratura, Adliya  vazirligi, Davlat  xavfsizlik xizmati hamda Oliy sud 2025-yilning dekabriga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishlari lozim:

  • xorijdagi aktivlarga band solish, musodara qilish va qaytarishga doir o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha uslubiyotni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • jinoyat ishlari bo‘yicha xorijga olib chiqilgan yoki yashirilgan aktivlar hisobi bo‘yicha statistik hisobotlar yuritishni yo‘lga qo‘yish;
  • xorijga olib chiqilgan yoki yashirilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha xalqaro hamkorlik faoliyati yo‘nalishlarini belgilash.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, xorijdan aktivlarni qaytarish bo‘yicha aniq bir davlat organi vakolatli organ sifatida belgilanmagan.

Shunday bo‘lsada, Bosh prokuratura jinoyat-protsessual qonunchilikka ko‘ra, bu sohadagi xalqaro hamkorlik faoliyatini olib boradi va 2014-yildan buyon xorijga olib chiqilgan va yashirilgan 1,3 mlrd AQSh dollardan ortiq qiymatdagi aktivlarni qidirib topish, ularga band solish va O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlar olib borgan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring