Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiyada vaziyat og‘ir: prezident koronavirusga qarshi emlandi

Chexiyada vaziyat og‘ir: prezident koronavirusga qarshi emlandi

Foto: «RIA»

Chexiya prezidenti Milosh Zeman chorshanba kuni Pragadagi Markaziy harbiy gospitalda koronavirusga qarshi emlandi, deya Twitter orqali xabar berdi uning matbuot kotibi Yirji Ovchachek.

«Praga shahridagi Markaziy harbiy gospitalda Respublika prezidenti COVID-19 ga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasini qabul qildi. Keyingi ikki kun davomida davlat rahbari Markaziy harbiy gospitalda rejali kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tadi», — deb yozadi matbuot kotibi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, Chexiyada koronavirusga chalinganlar soni 909,131 kishiga yetdi. 14,820 bemor hayotdan ko‘z yumdi. 767,750 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring