Chexiyaning eng keksa fuqarosi 109 yoshida vafot etdi

Chexiya Respublikasining eng keksa fuqarosi Mariya Golikova 109 yoshida vafot etdi. Ayol Janubiy Moraviya viloyatida joylashgan Blijkovitse qishlog‘ida olamdan o‘tdi. Bu haqda qishloq oqsoqoli Sharka Yejkova «Moskva 24»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Mariya Golikova uyida — qarindoshlarining yonida hayotdan ko‘z yumdi. Janjal unga mutlaqo begona bo‘lgan, hammaga yordam berishga harakat qilgan», — dedi Yejkova.
Qishloq oqsoqolining so‘zlariga ko‘ra, Golikova mehribonligi va samimiyligi bilan hurmat qozongan. Bundan tashqari, ayol hech qachon chekmagan va ichkilikka ham ruju qo‘ymagan.
Golikova Blijkovitse qishlog‘ida dunyoga kelgan va butun hayotini o‘sha yerda o‘tkazgan. Uning otasi armiyaga chaqirilgan. U Birinchi jahon urushi frontlarida bedarak ketganda qizcha endigina uch yoshga to‘lgandi. Onasi uch bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalagan, Mariya oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lgan.
Endi Chexiyaning eng keksa fuqarosi Pragada istiqomat qiluvchi 108 yoshli ayol hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter