Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda bir yarim yoshli bola 4-qavat derazasidan tushib ketdi

Chilonzorda bir yarim yoshli bola 4-qavat derazasidan tushib ketdi

Chilonzor tumanida bir yarim yoshli bola buvisining uyida bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolganida, tokchaga chiqib 4-qavatdagi xonadon derazasidan pastga tushib ketgan. Bu haqda kecha, 15-oktyabr kuni soat 13.17da 102 raqamiga xabar kelgan.

Natijada bola tan shikastlari olib, shifoxonaga yetkazilgan. Afsuski, shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, bola hayotdan ko‘z yumgan.

«Hurmatli ota-onalar! Yosh bolalaringizni xonalarda yolg‘iz qoldirmang. Yuqoridagi kabi baxtsiz hodisalar yuz bermasligi uchun derazalar ortiga panjaralar yoki bolalar uchun mustahkam cheklagichlar o‘rnatishni tavsiya etamiz», deyiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring