Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda ishsizlarga, Uchqo‘rg‘onda bog‘cha ta’miri uchun ajratilgan millionlab mablag‘lar talon-toroj qilingani fosh bo‘ldi

Chilonzorda ishsizlarga, Uchqo‘rg‘onda bog‘cha ta’miri uchun ajratilgan millionlab mablag‘lar talon-toroj qilingani fosh bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Budjet mablag‘larini «yo‘lini qilib», o‘zlashtirish yoki talon-toroj qilish odatiy holga aylanayozgani kundan-kunga oydinlashib bormoqda. Bu haqda, jilla qursa, bitta xabar chiqmagan kun yo‘q.

Bugun ham Bosh prokuratura matbuot xizmatidan shunga o‘xshash bir emas, ikkita xabar keldi. Birinchisi — Chilonzor tumanidan bo‘lib, «K.X.» MFY raisi N.R. va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori A.R.larning kirdikorlariga oid. Ya’nikim, mahkama huzuridagi Departament xodimlari aniqlashicha, qayd etilgan shaxslar oldindan til biriktirib, markazga ish so‘rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro‘yxatiga kiritilmagan 26 nafar fuqaroning go‘yoki jamoat ishlariga jalb etilganligi haqida soxta hujjatlar tuzishadi. Va shu orqali jami 36,2 mln. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilishadi.

Ikkinchi holat Namangannning Uchqo‘rg‘onida aniqlandi. Viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi IK texnik nazoratchisi N.M. «N.B.» MChJ rahbari M.I. bilan o‘zaro til biriktirib, tumandagi 41-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlariga «qo‘shib yozib», 173,2 mln. so‘m budjet mablag‘larini tuya qilishgan.

Har ikki holat bo‘yicha o‘zlashtirish, mansab soxtakorligi va hujjatlarni qalbakilashtirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring