Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chipta necha pul? Qatar-2022 o‘yinlarining 1,8 millionta chiptasi sotib bo‘lindi

Chipta necha pul? Qatar-2022 o‘yinlarining 1,8 millionta chiptasi sotib bo‘lindi

Foto: «Sportslightmedia»

FIFA 2022-yili Qatarda o‘tadigan jahon chempionatining 1,8 millionta chiptasini sotib bo‘ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Eng ko‘p chiptalarni mahalliy muxlislar xarid qilishgan.

Shuningdek, chiptalarni ko‘p xarid qilish borasida Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, BAA va AQSh fuqarolari top-10ga kirishdi.

Chiptalarning keyingi navbat sotuvi 5-iyulda boshlanib 16-avgustgacha davom etadi. Chiptalar navbat tartibida sotiladi. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu usul to‘lov amalga oshirilishi bilan xaridni tasdiqlash imkonini beradi.

Chipta necha pul?

Jahon chempionatining guruh o‘yinlari chiptalari xorijlik muxlislar uchun 250 dan 800 qatar rialigacha ($69 dan $220 gacha), mahalliy muxlislar uchun — 40 rialdan ($11). Finalni tomosha qilish uchun qatarlik 750 rial ($206)ga chipta sotib olsa, xorijlik muxlis 2 200 dan 5 850 rialgacha ($604 dan $1,6 minggacha) to‘lashiga to‘g‘ri keladi. O‘z fuqarolariga g‘amxo‘r Qatar hukumatiga respekt!!! 

Qatar-2022 o‘yinlari 21-noyabrdan 18-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring