Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Joriy yil 24-mart kuni imzolangan Prezidentning PF-56-son farmoni bilan chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi.

Xususan:

  • mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish;
  • yangidan hosil bo‘layotgan chiqindilarni poligonlarga yo‘naltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish.

2026 yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi.

Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari (keyingi o‘rinlarda – ekosanoat zonalari)  30 yil muddatga tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizasiya qilish (yoqish) bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring