Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiqindi to‘plash bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi

Chiqindi to‘plash bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi

Joriy yil 11-avgustdagi «Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan chiqindi to‘plash bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga qator soliq imtiyozlari beriladi.

Jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari – sanitar tozalash korxonalaridan (davlat unitar korxonalari bundan mustasno) undiriladigan quyidagi majburiy to‘lovlar bekor qilinadi:

  • Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar;
  • sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlariga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar.

2026 yil 1 yanvargacha asosiy faoliyati chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash hisoblangan tadbirkorlik sub’yektlari uchun ushbu faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qo‘llaniladi.

Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransportlar va texnikalarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sherikka berish muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring