Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori o‘quvchilarga kitob sovg‘a qildi

Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori o‘quvchilarga kitob sovg‘a qildi

Shu yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni adabiyot, san’at, madaniyat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan videoselektr yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Mazkur yig‘ilishda Yurtboshimiz tomonidan taklif qilingan “Kitob tuhfasi” loyihasi respublikamiz aholisi, ayniqsa, ziyolilar tomonidan zo‘r ishtiyoq bilan qarshi olindi. Ushbu loyiha Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori, G‘.I. Muxamedov tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.

Institut rektori Chirchiq shahridagi 2-umumta’lim maktabi kutubxonasi uchun shaxsiy kutubxonasidan o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlaridan kitoblar taqdim etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring