Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq davlat pedagogika institutida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi ochildi

Chirchiq davlat pedagogika institutida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi ochildi

Foto: Edu.uz

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida O‘zbekiston va Toshkent viloyati tarixiga oid qo‘lyozmalar, osori-atiqalar, tarixiy hujjatlar o‘rin olgan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi tashkil etildi.

Muzey sakkiz bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda tarixiy dalillarga asoslangan hujjatlar, faktlar o‘rin olgan. Muzeyidagi barcha tarixiy manbalar xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan.

Muzeyning Sovet hokimiyatining kollektivlashtirish va «quloqlashtirish» siyosati, uning fojiali oqibatlari bo‘limida Toshkent viloyatiga surgun qilingan «quloq»lar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 1980 yillardagi qatag‘onlar. «Paxta ishi» kompaniyasi bo‘limida «paxta ishi» bo‘yicha nohaq jabrlangan shaxslar haqida ma’lumotlar berilgan. Mazkur bo‘limdan Toshkent viloyatiga oid ayrim ma’lumotlar, eksponatlar o‘rin olgan.

Jumladan, Isliddin Haydarov (Toshkent viloyati Piskent tumanida «Guliston» jamoa xo‘jaligida 1951-1986 yillarda raislik qilganligi, «Paxta ishi» tufayli nohaq qamalganligi); Tursunoy Habibullayeva (Toshkent viloyati, Piskent tumani «Oxunboboyev» xo‘jaligida agronom bo‘lib ishlaganligi va ozodlikdan mahrum etilganligi); Tuzali Musayev (Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani «Hamroqul Tursunqulov» xo‘jaligida g‘aznachi vazifasida ishlaganligi) 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring