Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqdagi pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tdi

Chirchiqdagi pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tdi

Abituriyentlar uchun hayajonli damlar boshlandi. 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovi muddatlari belgilandi. Talabalikni orzu qilgan yoshlar so‘nggi tayyorgarlikni ko‘rmoqda.

Ayrim abituriyentlar uchun esa sinovlar boshlanib ulgurdi. Jumladan, ham kasbiy (ijodiy) imtihon, ham test sinovlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Chirchiq davlat pedagogika universitetiga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

Abituriyentlar uchun qator qulayliklar, jumladan, kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi, zarur tavsiyalar va imtihon natijalari haqida ma’lumotlar olishi uchun tegishli veb-sahifa ishga tushirilgan.

Imtihonlar o‘tkazilishidan 3 kun oldin abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatgan telefon raqamiga xabar yuborilib, ularga imtihon o‘tkazilish sanasi, joyi va vaqti, abituriyent imtihon topshiradigan guruh raqami ma’lum qilingan.

Xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir imtihon o‘tkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlandi. Ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini maxsus sahifa orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring