Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida 6 yoshli bola chuqur quduqda bir kun qolib ketdi (video)

Chiroqchida 6 yoshli bola chuqur quduqda bir kun qolib ketdi (video)

Skrinshot.

12 iyun kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, «Langar» qishlog‘ida yashovchi fuqaro viloyat FVBning qisqa «1050» raqamiga murojat qilgan.

Murojaatchi shu kuni taxminan soat 13:30 larda o‘zlariga tegishli bo‘lgan dala maydonida qazilgan, 200 diametrli suvsiz artizan quduqqa 6 yoshli o‘g‘li tushib ketganligi, uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab tashvishli murojaat qilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar kuch-vositalari yetib borgan. Qutqarish ishlariga FVB maxsus texnikalar ya’ni ekskavator, greyder va boshqa texnikalar jalb etildi.

Olib borilgan maxsus qutqarish operatsiyasi natijasida bola bugun qutqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordan xodimlariga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring