Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida 6 yoshli bolani mashina urib ketdi. Rulda IIB xodimi bo‘lgani aytilmoqda

Chiroqchida 6 yoshli bolani mashina urib ketdi. Rulda IIB xodimi bo‘lgani aytilmoqda

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 16-fevral kuni soat 15:00larda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, «Yangiobod» MFY hududidan o‘tgan, 4N-282 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida olti yoshli bolani mashina urib ketdi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1977-yilda tug‘ilgan J.H. «Neksiya» rusumli avtomobilni boshqarayotib, 1-sonli maktab ro‘parasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagining chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tayotgan piyoda, ushbu maktabning tayyorlov sinfi o‘quvchisi, 2014-yilda tug‘ilgan F.Q.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, 6 yoshli F.Q. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, «Neksiya» haydovchisi ichki ishlar xodimi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring