Chiroqchida ikki kishi aholi tomonidan kaltaklandi
Chiroqchida tunda aholi tinchligini buzganlar kaltaklandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2022-yil 21-yanvar kuni Chiroqchi tumani IIB 2-sonli IIB profilaktika inspektoriga Chiroqchi tumani Annaro‘z MFYda yashovchi fuqaro D.X telefon orqali murojaat qilib, Annaro‘z qishlog‘ida ikki notanish shaxs kechasi soat 01.00larda yurib qishloq aholisini tinchligini buzayotganligini bildirgan.
Ushbu murojaat yuzasidan profilaktika inspektori joyiga borib holatni o‘rganganda fuqarolar D.X va D.X.lar, fuqarolar P.G‘ va Ya.I.larni urib tan jarohati yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB 2-sonli IIB profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter