Chiroqchida zo‘ravon IIB xodimlariga qo‘yilgan ayblov ochiqlandi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafoti etganiga oid xabar tarqalgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ham ma’lum.
Bosh prokuratura matbuot xizmati zo‘ravon IIB xodimlariga qanday ayblov e’lon qilinganini ochiqladi. Unga ko‘ra, Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (mansab vakolati doirasidan chetga chiqish),104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan darajada qasddan bandanga shikast yetkazish), 235-moddasi 3-qismi (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, ayni soatlarda mazkur ayanchli voqelik yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB binosida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun maxsus brifing bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter