Chiroqchidagi qishloqqa borib qolgan ayiqning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi
Chiroqchi tumanida qishloqlarning biriga borgan yovvoyi ayiq hududdagi maktab binosiga kirishga uringani xabar berilgandi.
Hozirda ayiq tumanning Yashnabod MFY, Beshchashma hududidan oqib o‘tuvchi Qumdaryo daryosiga yaqin hududdagi jarlikda hosil bo‘lgan g‘or ichiga kirib olgan. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu hudud Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman hokimligi mutasaddilari, tuman ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari tomonidan muhofazaga olinib, aholi va qo‘ng‘ir ayiqning xavfsizligi ta’minlanmoqda.
Mazkur hududga vaziyatni bartaraf etish maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislaridan iborat guruh jalb qilingan.
Takidlash, joizki ayiq bilan bog‘liq vaziyatda hech kimga zarar yetmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter