Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cho‘lda aqlli blokcheyn-shahar quriladi

Cho‘lda aqlli blokcheyn-shahar quriladi

Foto: «Dezeen»

Kriptovalyutalar millioneri Jeffri Byorns Nevada cho‘lida (AQSh) aqlli blokcheyn-shahar — «Innovation Park» qurishni rejalashtiryapti.

«Dezeen» nashri yozishicha, Byorns 271 kvadrat kilometr yer maydoni uchun 170 million dollar to‘lagan. Hududda Byorns boshqarayotgan «Blockchains» kompaniyasining shtab-kvartirasi qurib bo‘lingan. Undan sal narida — «Google», «Apple» va «Tesla» kampuslari.

Foto: «Dezeen»

Aqlli shaharda kompaniyalar ofislari va turarjoylar quriladi. Umumiy infratuzilma va energiya taqsimoti blokcheyn orqali boshqariladi.

Kelgusida ushbu shaharda sun’iy tafakkur, nanotexnologiyalar va 3D-chop etish ham joriy etiladi.

Hozircha shaharni qurishga Byorns o‘z pullarini ishlatyapti (birinchi bosqichda 300 mln. dollar), boshqa investorlar haqida ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring