Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorsu bozorida qurut o‘g‘rilari ushlandi

Chorsu bozorida qurut o‘g‘rilari ushlandi

Toshkent shahridagi Chorsu bozori avtoturargohida kamyob o‘g‘irlik sodir etilgan. 42 yoshli fuqaro 2 xalta qurutni olib qochib ketgan, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB.

Voqea 8 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Fuqaro yuk avtomobili ochiq qolganidan foydalanib, uning ichidan 9 mln. so‘mlik ikki xalta qurutni o‘g‘irlagan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring