Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Claude sun’iy intellekti ilk bor insonni ishdan bo‘shatdi

Claude sun’iy intellekti ilk bor insonni ishdan bo‘shatdi

Foto: iccangikhsan / Shutterstock

Claude sun’iy intellekti ilk bor insonni ishdan bo‘shatdi, deb xabar berdi Time nashri.

Xabarga ko‘ra, Andon Labs kompaniyasi neyrotarmoqqa San-Fransisko shahridagi Andon Market do‘konini boshqarishni ishonib topshirgan. 

Sun’iy intellekt kompaniyani «ortga tortayotgan aybdor»ni aniqlay oldi — xodimlardan biri 23 ta smenaning 17 tasiga kechikib kelgan ekan.

Neyrotarmoq xodimlarning kechikishlariga, umuman olganda, ko‘z yumib kelgan. Biroq ushbu xodim do‘konda ishlashga loyiqmi, degan savol ko‘ndalang qo‘yilganda, u xodimni ishdan bo‘shatishga qaror qilgan.

Ushbu tajribaning moliyaviy natijalari ko‘ngildagidek emas: besh oy ichida do‘kon balansi 100 ming dollardan 61 ming dollargacha qisqardi.

Andon Labs bosh direktori Lukas Petersson aytishicha, bunday yo‘qotishlarga botning haddan tashqari yumshoq boshqaruv qarorlari va biznes yuritishdagi bahsli yondashuvlari sabab bo‘lgan.

Hozirda sun’iy intellekt modellari belgilangan maqsadlarga qat’iyroq erishishga o‘rgatilmoqda. Biroq «ehtimol odamlar bunday kelajakda yashashni istamasliklari mumkin», deya ta’kidladi Petersson.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring