Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CNN Travel 2024-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni tavsiya qilmoqda

CNN Travel 2024-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni tavsiya qilmoqda

CNN Travel 2024-yilda O‘zbekistonni jozibador sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritdi. 

«Olib borilgan qator islohotlar tufayli O‘zbekiston pandemiyadan oldin xalqaro darajadagi sayyohlik markaziga aylanish yo‘lida katta qadamlar tashlagan edi. Nihoyat, o‘sha vaqti keldi», – deb yozadi muallif.

Qo‘llanmada 86 davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish, O‘zbekistonning beqiyos landshaftlari va yaxshi saqlanib qolgan arxitekturasi mamlakatga tashrif buyurish uchun sabab sifatida qayd etilgan.

«O‘zbekistonning Xitoy va Hindistondan O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan tarixiy savdo yo‘li — afsonaviy Ipak yo‘lining markazida tutgan o‘rnini yaxshiroq tushunish uchun Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga tashrif buyuring. Ayni paytda, Samarqanddan 3,5 soatlik yщlda joylashgan tog‘li Sentob qishlog‘i YuNESKOning 2023-yildagi «Eng yaxshi sayyohlik qishloqlari» ro‘yxatiga kiritildi», – deyiladi maqolada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring