CNN Ukraina urushi tugashi vaqtini prognoz qildi
Ukrainadagi urush kamida yana ikki yil davom etishi mumkin. Bu haqda CNN telekanalining razvedka xizmatlaridagi manbalari ma’lumot bergan.
Telekompaniya manbalariga ko‘ra, urush Ukrainaga AQSh tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamning mavjudligi va hajmidan qat’i nazar, ikki yil davom etadi.
Bir qator ekspertlarning fikricha, jangovar harakatlar yana besh yil davom etishi mumkin. Shu bilan birga 2024-yilda tomonlardan biri sezilarli ustunlikka erishishi dargumon.
Kelgusi yilda Ukraina qurolli kuchlarini tiklaydi va harbiy ishlab chiqarishni oshiradi. Va shundan keyingina u qarshi hujumga yangi urinish qilishi mumkin, deya qayd etadi CNN.
Ukrainadagi urush kamida yana ikki yil davom etishini inobatga olsak, Oq uy yangi prezidentlik saylovlarigacha Ukrainani moliyalashtirmoqchi. Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, katta ehtimol bilan Kiyevga moliyaviy yordam to‘xtaydi.
Avvalroq Financial Times Ukrainadagi rasmiy manbalarga asoslanib, Rossiya yozda keng ko‘lamli hujumga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.
Shuningdek, NATO admirali Rossiya bilan alyans o‘rtasida urush yuz berishi mumkinligi haqida shov-shuvli bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter