Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19: o‘tgan hafta odamzod uchun og‘ir keldi

COVID-19: o‘tgan hafta odamzod uchun og‘ir keldi

Foto: «Ok.ru»

O‘tgan bir hafta davomida dunyo bo‘yicha 2,8 millionta COVID-19 holati qayd etildi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, deya xabar berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 19 — 25-oktyabr kunlari butun dunyoda 2 884 604 ta koronavirusni yuqtirish holati ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, 39 712 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Kasallanganlar soni oldingi hafta (12 — 18-oktyabr) bilan solishtirganda 16 foizga, o‘lim darajasi 8 foizga ortgan.

JSST xabariga ko‘ra, eng ko‘p kasallanish holati o‘tgan hafta Yevropa (1 335 914), Shimoliy va Janubiy Amerikada (884 318) kuzatilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qilgan. JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 43 milliondan oshgan, 1,1 milliondan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring