COVID-19 pandemiyasi nega cho‘zilib ketmoqda?
Koronavirus pandemiyasi vaksinalardan foydalanishdagi global tengsizlik va sog‘liqni saqlash sohasidagi poyma-poy choralar tufayli uzoqroq davom etadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozadi «Moskovskiy komsomolets».
Uning ta’kidlashicha, bugun yuzaga kelgan vaziyat koronavirus infeksiyasining mutatsiya va tarqalishi uchun yana-da ko‘proq imkoniyat bermoqda. JSST rahbari, shuningdek, hozirgi COVID-19 pandemiyasining markazida global sog‘liqni saqlash arxitekturasidagi fundamental kamchiliklarni kuchaytirgan birdamlik inqirozi ekanligini qo‘shimcha qildi. Xususan, Gebreyesus uning murakkab, tarqoq boshqaruv ekanligini hamda yetarlicha moliyalashtirilmaganligini qayd etdi.
Avvalroq Gebreyesus «pandemiya dunyo uni tugatishga qaror qilganda tugaydi», deb aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda pandemiyani yengish uchun «barcha zarur vositalar», jumladan, sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasida barcha sharoitlar mavjud.
«Biroq dunyo bu vositalardan yaxshi foydalanmadi», — dedi Gebreyesus.
U JSSTning ilgari e’lon qilingan maqsadini eslatdi: 2021-yil oxirigacha har bir mamlakat aholisining kamida 40 foizini COVID-19 ga qarshi emlash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter