Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19: Xitoyda pandemiyaning eng og‘ir davri boshlandi

COVID-19: Xitoyda pandemiyaning eng og‘ir davri boshlandi

Foto: «Rossaprimavera»

Xitoyda pandemiya boshlanganidan beri COVID-19ga qarshi kurashishning eng og‘ir davri boshlandi. Yuqumli kasalliklar bo‘yicha shanxaylik ekspert Chjan Venxunga asoslanib «Global Times» gazetasi shunday xabar berdi.

Ekspertning aytishicha, «Bahor bayrami» (Xitoy Yangi yili)dan so‘ng Gonkongga pandemiyaning beshinchi to‘lqini yopirilib, bir oy ichida shahar infeksiyaning tarqalishi ustidan nazoratni yo‘qotdi.

Xitoyning materik qismida fevral oyida kasallanishlar past ko‘rsatkichga ega — kuniga 200 tadan kam holat kuzatilayotgan edi. Biroq 1 – 12-mart oralig‘ida — 11 kun ichida kunlik kasallanishlar soni 3 122 tagacha ko‘paydi.

«Bu ikki yil avval COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri Xitoy uchun eng og‘ir davr», — ta’kidladi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring