COVID-19 Xitoydan ancha oldin boshqa davlatda paydo bo‘lganligini tasdiqlovchi dalil topildi

Milan universiteti tadqiqotchilari 2019-yil noyabrdayoq koronavirusni yuqtirib olgan mamlakat shimolida yashovchi ayolni topishdi, deb xabar bermoqda «Ansa» agentligi.
Biopsiya olinganda tadqiqotchilar 25 yoshli ayolda SARS-CoV-2 virusining ribonuklein kislotasi (RNK) genlari ketma-ketligi 2019-yil noyabrda boshlanganligini aniqladilar.
«Shunday holatlar ham bo‘ladiki, COVID-19 infeksiyasining yagona alomati teri patologiyasi bo‘lishi mumkin», — dedi tadqiqot rahbari Raffael Janotti.
«Epidemiyaning rasman tan olingan bosqichidan oldin teri kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda SARS-CoV-2 borligini tasdiqlovchi dalillarni topa olishimiz meni juda qiziqtirardi. Biz terida COVID-19 izlarini topdik», — dedi R.Janotti.
Hisobotda aytilishicha, bu «odamlarda SARS-CoV-2 virusi mavjudligining eng birinchi dalilidir».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter