Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19ga qarshi vaksina qancha odamning hayotini saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi

COVID-19ga qarshi vaksina qancha odamning hayotini saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi

Foto: New Atlas

London imperiya kolleji tadqiqotchilari COVID-19ga qarshi vaksinalar qancha odamning umrini saqlab qolganini matematik modellashtirish yordamida aniqlashdi. Bu haqda New Atlas xabar berdi.

2021-yilda koronavirusga qarshi vaksina yordamida dunyo bo‘yicha taxminan 20 million kishining hayoti qutqarilgan.

Tadqiqotda qo‘llanilgan kompyuter modeli avvaliga 185 mamlakatdagi ortiqcha o‘limlar haqidagi xabarlarni kuzatib bordi. So‘ngra har bir mamlakatda kovidning yuqishi hamda ayrim mamlakatlardagi vaksinatsiya jarayonlari hisobga olindi. Shu ma’lumotlar asosida 2021-yil davomida emlash olib borilgan har bir mamlakatda qancha odam virusni yuqtirishdan va o‘limdan saqlab qolingani hisoblab chiqildi.

Kompyuter modeliga ishonadigan bo‘lsak, agarda vaksinalar ishlab chiqarilmagan va aholi emlanmaganida, 2021-yilda COVID-19 oqibatida 31,4 million kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lardi. Model rasman kovid sifatida tasniflanmagan ortiqcha o‘limlar soni 2021-yilda 11,6 millionta bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bundan kelib chiqadiki, vaksinalar o‘tgan yili katta ehtimol bilan 19,8 million kishining umrini saqlab qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring