Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CSIS: Ukrainada halok bo‘lgan rus askarlari soni avvalgi 20 ta urushida bo‘lgan yo‘qotishlardan oshib ketdi

CSIS: Ukrainada halok bo‘lgan rus askarlari soni avvalgi 20 ta urushida bo‘lgan yo‘qotishlardan oshib ketdi

Rossiyaning Ukraina urushida bergan qurbonlari soni 1945-yildan keyin bo‘lgan barcha to‘qnashuvlaridagi yo‘qotishlardan oshib ketdi. Bu haqda AQShning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) hisobotida keltirib o‘tildi.

CSIS ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning fevralidan 2023-yilning fevraligacha bo‘lgan davrda Ukrainada 60 mingdan 70 minggacha rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.

Boshqacharoq aytganla bir yilda Ukrainada o‘ldirilgan rus askarlari soni Chechenistonda 15 yil (3 yillik tanaffus bilan) ichida o‘ldirilgan rus askarlari sonidan taxminan ikki-besh baravar ko‘p.

Ushbu hisob-kitoblarga Rossiya Qurolli Kuchlari, Milliy gvardiya, Federal xavfsizlik xizmati va Federal qo‘riqlash xizmatining oddiy askarlari, shuningdek, Donetsk va Lugansk xalq militsiyasi hamda Vagner guruhi kabi xususiy harbiy kompaniyalar yollanuvchilari ham kiradi. Umuman olganda, urushning birinchi yilida Rossiyada yaradorlar, halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar soni 200 000 dan 250 000 gacha yetgan.
Ukraina Bosh shtabi Rossiyaning yo‘qotishlari haqida bergan ma’lumotlari ancha yuqori raqamlarni – taxminan 150 ming kishini ko‘rsatadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaga to‘liq bostirib kirishdan oldin Afg‘onistonda 14-16 ming sovet askari (1979-1989-yillar), chechenlarning har ikkala yurishida 12-25 ming rus askari (1994-1996, 1999-2009-yillar)  Qrim va Donbasda esa 6-7 ming kishi (2014-2022-yillar) halok bo‘lgan, deb yozadi CSIS o‘z hisobotida.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi har qanday Sovet yoki Rossiya urushiga qaraganda Ukrainadagi yo‘qotishlarning darajasi ham ancha yuqori. Urushning birinchi yilida Rossiya Ukrainada oyiga o‘rtacha 5000 dan 5800 gacha muntazam va safarbar etilgan askarlarini yo‘qotgan. Taqqoslash uchun, Chechenistonda Rossiyaning har oyda o‘rtacha 95 dan 185 gacha askari halok bo‘lgan. Sovet Ittifoqi Afg‘onistondagi urushida esa har oyda o‘rtacha 130 dan 145 gacha askarini yo‘qotgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring