D vitamini organizmimiz uchun juda muhimligining 6 sababi

Sut va don singari ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari D vitamini bilan boyitilganligini bilasizmi? Haqiqat shundaki, an’anaviy oziq-ovqat manbalaridan ushbu bebaho darmondorini yetarli darajada olish juda qiyin. Va bu modda sizning suyaklaringiz, mushaklaringiz, tishlaringiz va hatto immun tizimingiz sog‘lomligi uchun juda muhimdir.
Agar organizm D vitaminini kerakli miqdorda olmasa, salomatlik bilan bog‘liq har qanday muammolar boshlanadi:
Mushaklarda kuchsizlik va og‘riq
D vitamini mushaklarning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi, uning yetishmasligi esa kuchsizlik va og‘riqlarga sabab bo‘ladi. Vujudingiz xuddi grippga o‘xshab og‘rishni boshlaydi. Va agar siz tanqislikni to‘ldirmasangiz, vaziyat yanada yomonlashishi turgan gap.
Bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi
D vitamini yetishmasligi «sokin qotil» deb nomlangan yuqori qon bosimiga olib keladi. Aksar odamlar gipertoniyani sezmaydilar, hozirda jiddiy yurak muammolarini keltirib chiqarishga aynan shu sabab bo‘lmoqda. Agar sizni tez-tez bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi bezovta qilsa, bu holda albatta shifokorga murojaat villing.
Yuqumli kasalliklar
Agar siz tez-tez gripp va shamollashni yuqtirib olsangiz, demak, immun tizimingiz juda kuchsiz. Ushbu muammoning sabablaridan biri immunitet hujayralarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan D vitamini yetishmasligi bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu modda yetishmovchiligi muammosi bo‘lmagan bolalarning kasal bo‘lish ehtimoli juda kam.
Oshqozon bilan bog‘liq muammolar
Agar sizga seliakiya (multifaktorial xastalik, ovqat hazm qilishning buzilishi), ichak yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa yoki jig‘ildoningiz qaynasa va ichingiz qotsa, D vitamini illatlarni yengillashtiradi.
Ko‘p terlash
Agar biror bir sababsiz ortiqcha terlashni sezsangiz, darhol shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak. Terlashning ko‘payishi sabablaridan biri ham D vitamini kamligidir.
Tushkunlik
D vitamini yetishmasligining yana bir alomati bu ruhiy tushkunlik, asossiz qayg‘u va xafagarchilikdir. Ammo organizm kerakli miqdordagi moddani olishi bilanoq, bu muammolarning barchasi issiz yo‘qoladi.
Vitamin D tanqisligini to‘ldirish mumkin
Agar sizda shunga o‘xshash alomatlar bo‘lsa, avvalo shifokorga murojaat qiling. Oddiy qon tahlili vaziyatni aniqlab beradi. D vitamini yetishmovchiligining bartaraf etishning juda ko‘p oddiy yo‘llari bor:
O‘z ratsioningizni D vitaminiga boy oziq-ovqatlar: tuxum sarig‘i, qizil ikra, mol go‘shti, jigari, pishloq, baliq, sut mahsulotlari, dukkaklilar va sharbatlar bilan to‘ldiring.
D vitamini kapsulasini ham ichsa bo‘ladi. 70 yoshgacha bo‘lgan insonlarga har kuni 600 ME, 70 yoshdan oshganlarga esa – 800 ME tavsiya etiladi. Jiddiy yetishmaslik kuzatilsa shifokor bemorga 4000 ME yozib berishi mumkin.
Vitaminga ega bo‘lishning yana bir samarali usuli – quyoshda toblanish. Haftasiga uch marta 15 daqiqadan quyosh nurlari ostida yotish yetarlidir. Faqat bu vaqtda quyoshdan himoyalovchi kremlar surtmaslik kerak.
Xulosa qilib aytganda, D vitamini tanqisligi jiddiy salomatlik uchun oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ammo to‘g‘ri ovqatlanish va mo‘’tadil quyosh vannalari bu muammoni hal qiladi.
U.Yo‘ldoshev tayyorladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter