Dam olish kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Respublika gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, 9-dekabr kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi 5-7, kunduzi 8-10 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja bo‘lib, yomg‘ir yog‘adi.
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja bo‘ladi. Tuman tushadi.
Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja bo‘lib, yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi -3-2, kunduzi 3-8 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter